📌 Aholi tomonidan kelib tushgan murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Dilshodbek Ibragimov hamda Akbarali Alisherov tomonidan "O‘qchi Olmazor" mahallasiga chiqildi.
❗️O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, murojaatda ko‘rsatilgan masalalar joyida ko‘zdan kechirildi hamda mavjud holat yuzasidan tegishli ma’lumotlar yig‘ildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan ma’lumotlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, murojaat ijrosini ta’minlash hamda deputatga axborot kiritish uchun tayyorlandi.