35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

❗️Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Xayrulla Po‘latov tomonidan fuqarolar murojaatlari asosida "Besh bola" mahallasidagi yelim ishlab chiqarish korxonasi faoliyati yuzasidan Yashnobod tumani Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📌 Deputatlik so‘rovida korxonadan tarqalayotgan hid, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘layotgan oqova suvlarni chiqarish holatini joyiga chiqib o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, atrof-muhitga salbiy ta'sirni kamaytirish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan belgilangan muddatda yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

✅ Mazkur masala deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1