📌Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Natalya Odinsova Katta Yangiobod mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
❗️Tashrif davomida aholini bandlikka jalb etish, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar bandligi va ular bilan olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
❗️Shuningdek, deputat mahalla ko‘chalarida aholi va bolalar bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ularning yashash sharoitlari, kundalik muammolari, taklif va fikrlarini tingladi hamda bildirilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
✅O‘rganish yakunida mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.