35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati: “Do‘stlik” mahallasidagi ariq holati nazoratga olindi

💬Shu maqsadda Termiz shahar Kengashining 10-“Do‘stlik” saylov okrugi deputati S.Xodjayeva hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov “Do‘stlik” mahallasining Taraqqiyot ko‘chasidan o‘tgan ariqning bugungi holatini ko‘zdan kechirdilar.

🟢O‘rganish davomida ariq hududida antisanitar holat yuzaga kelgani, hududni tozalash va obodonlashtirish bilan bog‘liq muammolar mavjudligi qayd etildi.

🟢Mazkur holat aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va hududning sanitariya-obodonlashtirish holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli masalani tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish zarurligi belgilandi.

🟢Aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilab olindi.

🫥Deputatlik nazorati — muammoni aniqlash bilangina cheklanmay, uning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan muhim mexanizmdir.

Slide 1 of 2