35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AGRAR, SUV XOʻJALIGI VA EKOLOGIYA MASALALARI BOʻYICHA DOIMIY KOMISSIYA YIGʻILISHI OʻTKAZILDI

Yigʻilishda tumandagi ayrim fermer xoʻjaliklari hamda boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga ajratilgan yer maydonlaridan samarali va maqsadli foydalanish holati yuzasidan masala koʻrib chiqildi.

Muhokama davomida ajratilgan yer maydonlaridan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, yerlarning unumdorligini saqlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Masala yuzasidan masʼullarning axborotlari tinglanib, yer resurslaridan samarali va maqsadli foydalanishni taʼminlash boʻyicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik barqarorlikni taʼminlash masalalari doimiy komissiya nazoratida.