35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📍 Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Axmedova Tuxfaxon Muxitdinovna tomonidan Joʻrabek mahallasi aholisi bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

📝 Uchrashuv davomida “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni (OʻRQ-350, 22.04.2013)ning mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Xususan, fuqarolar yigʻinlarining vakolatlari, mahallani rivojlantirishdagi oʻrni, jamoatchilik ishtiroki hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid huquq va majburiyatlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

🤝 Muloqot davomida mahalla aholisini qiziqtirgan savollarga javob berildi hamda fuqarolarning taklif va mulohazalari tinglanib, kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikrlar bildirildi.

Slide 1 of 1