🏫 YANGI QURILAYOTGAN AL-XORAZMIY MAKTABIDA QURILISH JARAYONI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Dilmurod Ergashev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov shaharda bunyod etilayotgan yangi Al-Xorazmiy maktabida bo‘lib, qurilish jarayonlari bilan tanishdilar.
🔹 Tashrif davomida maktab binosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, hududni obodonlashtirish jarayoni hamda kelgusida ta’lim oluvchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔹 Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, qurilishning borishi va belgilangan rejalar yuzasidan axborot berildi.
⚖️ O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.
✅ O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlash, maktab hududini obodonlashtirish hamda o‘quvchilar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✅ Belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash masalalari deputatlik nazoratiga olindi.
🌱 Zamonaviy ta’lim maskanlari — yoshlar kelajagiga mustahkam poydevor!