Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyiha joyida o‘rganildi.
Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "16-Qo‘shchinor" saylov okrugi deputati F.Sarimsaqov hamda Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayevlar tomonidan "Qo‘shchinor" mahalla fuqarolar yig‘inini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida YTT Mamadaliyeva Nargizaxon tomonidan amalga oshirilgan "Oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo do‘koni"ni ishga tushirish loyihasi bilan yaqindan tanishildi. Loyiha doirasida bajarilgan qurilish ishlari, yaratilgan shart-sharoitlar, savdo do‘konida aholiga taqdim etilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda yaroqlilik muddatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha mahalla aholisiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bilan birga, 2 nafar fuqaroning doimiy bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘rganish yakunida loyihaning belgilangan maqsad va vazifalar asosida samarali faoliyat yuritishini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.