35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar muammolari manzilli o‘rganildi
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar muammolari manzilli o‘rganildi


Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N.Chorshanbiyeva hamda “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputat, mazkur doimiy komissiya a’zosi va tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamovalar tomonidan tuman Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasining 36-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Telpakchinor” mahallasida manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.
Uchrashuv davomida mahallada istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar A.Karimov hamda T.Ibodullayevaning murojaatlariga asosan, ularning ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida hududdagi homiylar jalb etilib, amaliy yordam ko'rsatildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralarga tegishli tavsiya hamda takliflar berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.
Bunday manzilli uchrashuvlar aholining muammolarini o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning hayot sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 3