Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🔎 O‘rganish davomida dehqon xo‘jaliklarining tashkil etilishi, yer uchastkalaridan samarali foydalanish holati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, mahsulotlarni realizatsiya qilish hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari tahlil qilinmoqda.
🌾Dehqon xo‘jaliklari faoliyatida uchrayotgan muammolarni aniqlash, bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar kiritish, qonun talablarining amaliyotda ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Savolnoma ishlab chiqildi.