35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sessiya oldi o‘rganish: 48-maktabning yangi o‘quv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi

alq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi ta’minlanishi, bitiruvchilar oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari 2 yillik tahlili ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan o‘rganish davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalishlarda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Gulobod mahallasidagi 48-sonli umumta’lim maktabi o‘rganildi.
O‘rganishda maktab yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.

Slide 1 of 3