35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
SOLIQ TIZIMIDA MUHIM QADAM!
янв.21
TALABALAR UCHUN IJARA TO‘LOVLARINI QOPLAB BERISH TIZIMI
янв.21
🏥 SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA MUHIM QAROR
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 329-sonli qarori
янв.21
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
янв.21
19¹-modda #Kengash_Qarori_ijrosi_deputat_nazoratida #Deputat_va_kotibiyat_bosh_mutaxassisi #Deputat_mahalla_ko‘cha_boshlari
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #MUROJAAT_VA_IJRO
янв.21
#Hokim_va_Deputat_hamkorlikda_saylovchilar_bilan_uchrashuv_o‘tkazdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan Avulmat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqqan holda monitoring o‘tkazildi.

 Tashrif davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilgan tayyorgarlik ishlari, sinf xonalari, o‘quv jihozlari, hududning obodonlashtirilishi, sanitariya-gigiena holati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘rganishlar natijasida 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun to‘liq tayyor holatga keltirilgani,
binolar va sinf xonalarining ozoda va shinamligi, hududning obod hamda ko‘rkam ko‘rinishga ega ekanligi aniqlandi. Maktab jamoasi tomonidan ta’lim sifati va o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tayyorgarlik ishlari yuqori saviyada tashkil etilgan.
Yangi o‘quv yili arafasida amalga oshirilayotgan bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlarni yanada takomillashtirish hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun munosib muhitni ta’minlashga xizmat qiladi.  

Slide 1 of 7