35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

ANIQLANGAN MUAMMO TEZKOR BARTARAF ETILDI: CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyaga muvofiq, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 24-Botirma saylov okrugi deputati Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan Zarqo‘rg‘on mahallasi hududida monitoring olib borildi.
O‘rganish jarayonida ayrim hududlarda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmagani hamda hududni tozalash ishlari talab etilishi aniqlandi. Deputat tomonidan bildirilgan taklif va talablar asosida "Maxsustrans" korxonasi hamda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan tezkor choralar ko‘rilib, chiqindilar to‘liq olib chiqildi, hudud tozalanib, sanitariya holati me'yoriy talablar darajasiga keltirildi.
Fuqarolar uchun qulay va ozoda yashash muhitini yaratish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish borasidagi ishlar deputat nazoratida davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4