#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_talik_tavsiya #haftalik_ish_reja_ijrosi
KO‘P QAVATLI UYLARDA LIFT MUAMMOSI: DEPUTATLAR NAZORATIDA AMALIY YECHIMLAR
📂 Mahalliy Kengash deputatlarining 24 ta tavsiyasi doirasida ko‘p qavatli uylarda liftlarning texnik holati va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganilmoqda.
📇 Navbatdagi o‘rganish ishlari Uchtepa tumani 30-mavzeda joylashgan 4-ko'p qavatli uyda o‘tkazilib, 12 qavatli mazkur ko‘p qavatli uyda foydalanilayotgan liftlarning texnik holati hamda ularga xizmat ko‘rsatish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
📈 O‘rganish davomida liftlarga xizmat ko‘rsatuvchi “Uchmakon Servis” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholining murojaatlarini 24/7 tartibda qabul qilish va ularga tezkor javob berish tizimi ham ko‘rib chiqildi.
🗣 Ta’kidlash joizki, ayni paytda tumandagi ko‘p qavatli uylarda mavjud liftlar bosqichma-bosqich zamonaviy yangi rusumdagi liftlarga almashtirilgan bo‘lib, bu ishlar aholiga xavfsiz va qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
📁 O‘rganish yakunlari bo‘yicha ko‘p qavatli uylardagi liftlarning barqaror ishlashi, xizmat ko‘rsatish sifati va aholining murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish masalalari deputatlik nazorati doirasida davom ettirilishi belgilandi.