Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tomonidan 2026-yil 1-mavsum g‘oliblari qatoridan o‘rin olgan “Tashabbusli budjet” loyihalarining bugungi kundagi ijro holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🏫 Xususan, deputat o‘zi saylangan “Yangi makon” OFY 3-Mehrem saylov okrugi hududida joylashgan 13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
⚽️ Loyiha doirasida maktab hududida:
🔹 40×20 metr o‘lchamdagi sun’iy qoplamali futbol maydonchasi;
🔹 sun’iy qoplamali vorkaut maydonchasi;
🔹 basketbol va voleybol maydonchalari;
🔹 yugurish yo‘lakchasi barpo etilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda qurilish ishlari boshlangan.
🗳 Mazkur loyiha 1 milliard 300 million so‘m qiymatga ega bo‘lib, 1 087 nafar fuqaroning ovozi bilan g‘olib deb topilgan.
🤝 O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda loyihaning o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
🌱 “Tashabbusli budjet” loyihalari fuqarolar tashabbusining amaliy natijasi bo‘lib, hududlarda zamonaviy infratuzilmani yaratish va yoshlar uchun munosib sharoitlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.