FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Xoliqulova tomonidan saylovchilar murojaatlari o‘rganilib, ularning ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
Jumladan, Quyidarg‘om MFY fuqarolari O‘rinov Salim hamda Rustamova Mavluda tomonidan bildirilgan murojaatlarda:
🔹 Arabxona ko‘chasining 2 kilometr qismini shag‘allashtirish;
🔹 11 ta xo‘jalikni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari ko‘tarildi.
Mazkur murojaatlar yuzasidan muammoni qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli choralarni ko‘rish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.
🤝 Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mazkur masala ijrosi deputat nazoratida bo‘ladi.