35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Deputat nazorati kuchaymoqda: “Vatanparvar” tashkiloti faoliyati o‘rganildi

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va tashkilotlar faoliyati samaradorligini baholash maqsadida Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Z.Arazovaning Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotida o‘rganish o‘tkazishi uchun uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov tashabbusi bilan tashkil qilinib, unda tashkilot faoliyati, hamkorlikni rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar muhokama qilindi. Deputat nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar hududdagi tashkilotlar faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.