35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ijtimoiy xodim faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, 7-"Qipchoqariq" saylov okrugidan saylangan Sh.Nazarova tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Vaqf Chorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodim N.Baxriddinovaning faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy holatini baholash, manzilli yordam ko‘rsatish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Jumladan, “Vaqf Chorsu” MFY, Jasorat ko‘chasi 29-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro B.Soliyevaning xonadoniga borilib, uning yashash sharoiti joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Aniqlanishicha, fuqaro ijtimoiy xodim N.Baxriddinova tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, yashash uyini ta’mirlash zarurati yuzasidan murojaat qilgan.

O‘rganish jarayonida fuqaroning murojaati atroflicha ko‘rib chiqilib, uy-joyni ta’mirlash bilan bog‘liq ehtiyojlar o‘rganildi. Mazkur masala yuzasidan amaldagi tartib asosida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish hamda fuqaroga amaliy ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda bosh mutaxassisi X.Abdullayevlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6