Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi deputati T. Lutfullayev hamda mahalla yettiligi hamkorligida Qalayi Azizon mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan mahallada obodonlashtirish va tozalik ishlarini yanada kuchaytirish, hududni ozoda saqlash, ko‘kalamzorlashtirish hamda har bir fuqaroning bu boradagi mas’uliyatini oshirish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, mahalla ahlisi obodon va fayzli muhitni yaratishda faol ishtirok etishga chorlandi.