🏛 Saylovchilar bilan uchrashuv: ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Xo‘janazarov tomonidan "Oltinvoha" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🤝 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Aholi tomonidan bildirilgan masalalar deputatlar nazoratiga olindi.
🌱 Shuningdek, uchrashuv doirasida O‘zbekiston Respublikasining "Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi O‘RQ–415-son Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
📋 O‘rganish jarayonida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
🔹 yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolarni aniqlash hamda ularni ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olish holati;
🔹 uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimining tashkil etilishi va ushbu xizmatlardan foydalanuvchi fuqarolar soni;
🔹 ijtimoiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar;
🔹 nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ularni texnik reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash hamda mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar;
🔹 keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy, psixologik, huquqiy hamda maishiy yo‘nalishlarda qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlar;
🔹 ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda mahallalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa hamkor tashkilotlarning ishtiroki.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilishi belgilandi.