Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonjon Shokirov o‘z saylov okrugidagi “Madaniyat” MFYda bo‘ldi.
Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlarini o‘rganish hamda mahallani obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ko‘cha va hovlilarga gullar ekish, tomorqalardan unumli foydalanish, atrof-muhitni toza va ozoda saqlash hamda hududning ekologik madaniyatini yuksaltirish yuzasidan tavsiyalar berildi.