Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sadullayev Qudrat Yusubbayevich o‘z saylov okrugidagi mahallalarni navbatdagi o‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uy hovlisida xavf tug‘dirayotgan holatni aniqladi.
✅O‘rganish davomida daraxtning yirik shoxi sinib, turar joy balkoniga suyanib qolgani, bu esa fuqarolar, ayniqsa bolalar va hudud aholisi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi.
📝Mazkur holat yuzasidan tegishli kommunal xizmatlarga zudlik bilan murojaat qilinib, xavfli shoxni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish masalasi deputat tomonidan deputatlik nazoratiga olindi.
👥Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida muammo to‘liq bartaraf etilgunga qadar ijro jarayoni doimiy nazorat ostida bo‘ladi.
Bizni kuzatishda davom eting!