📚🏛 AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 16-«Katta hayot–Do‘stlik» saylov okrugi deputati T.Mirzayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov "Do‘stlik" mahallasi hududida joylashgan Axborot-kutubxona markaziga tashrif buyurdi.
📖 Tashrif davomida muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishilib, mavjud muammo va takliflar o‘rganildi hamda axborot-kutubxona xizmatlarini yanada takomillashtirish va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazildi.
📑 Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining "Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish olib borildi. Unda:
📌 Axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etish bo‘yicha ichki hujjatlar;
📚 Kutubxona fondini shakllantirish tartibi;
💻 Elektron kutubxona va elektron katalogdan foydalanish imkoniyatlari;
🌐 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida joriy etilgan xizmatlar;
⭐ Foydalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
🔒 Axborot-kutubxona resurslaridan erkin va xavfsiz foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil o‘rganildi.
✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud holat tahlil qilinib, faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
📚 Bilim va ma'rifatni rivojlantirish yo‘lidagi hamkorlik davom etadi!