BOLALAR DEPUTAT E’TIBOR MARKAZIDA
Xalq deputatlari Ko‘kdala tuman Kengashi 6-Chiyal saylov okrugi deputati M.Nurqobilova, doimiy komissiya a’zolari hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi a’zolari hamkorligida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolajonlar holidan xabar olib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Har bir bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga munosib sharoit yaratish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari deputatlar e’tiboridagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.