Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#_29_sessiya

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya ishida Jondor tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2026-yil 6-oyida amalga oshirilgan ishlar, Jondor tumanida 2026-yil 6-oyi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, Jondor tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2026-yil 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, Jondor tumani ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i B.Qurbonovning tumanda 2026-yilning birinchi yarim yillik davomida amalga oshirgan ishlar, Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar, Jondor tumani mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi sessiyalarida masʼul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash boʻyicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha deputatlar tomonidan atroflicha muhokamalar olib borildi va Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 15