Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi murojaatlari o‘rganildi: fuqarolar muammolariga amaliy yechim izlanmoqda

O‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan ijtimoiy, maishiy hamda hududiy masalalar atroflicha o‘rganildi.

Muloqot davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar, jumladan, hudud obodonchiligi, infratuzilma, kommunal xizmatlar, ijtimoiy masalalar hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shuningdek, vakolat doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan amaliy choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.

Aholi bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va muammolariga yechim topishga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Xalq bilan muloqot — muammolarni aniqlash va ularning samarali yechimlarini topishning muhim vositasidir.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 3