Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirish masalasi doimiy komissiyada muhokama qilindi.

Muhokama davomida mahalliy budjetning prognozdan ortiqcha tushumlari, elektron onlayn-auksion savdolari hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar hisobidan jami 563,3 million soʻm mablagʻni “Tashabbusli budjet” loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish taklifi maʼqullandi.
Mazkur masalani xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish hamda tegishli qaror qabul qilish yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi.