Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 12-Qodiriy saylov okrugi deputati Qo‘ziyeva Shoira hududiga qarashli Novbahor mahallasida xotin-qizlar faollarining faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov tomonidan amalga oshirildi.
O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, muammolarni manzilli hal etish, “Ayollar daftari” doirasidagi ishlarning holati, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.