Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌 Bandlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari E.Babayev, N.Turdiyev, bosh mutaxassis D.Shakarboyev hamda Obod mahallasi hokim yordamchisi ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada bandlikni ta'minlash, kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning daromadini oshirish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ehtiyojmand oilalarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 4