Saylov okrugida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashining 6-Vang‘ozi saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Sh. Samadovaning betobligi sababli, saylov okrugidagi o‘rganish ishlari Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov tomonidan amalga oshirildi.
O‘rganish davomida Tojikon mahallasi faoliyati tahlil qilinib, fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Aholini qiynab kelayotgan muammolar va murojaatlar tinglanib, ularning ijobiy yechim topishini ta’minlash maqsadida nazoratga olindi.