Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#dastur_ijrosi #96_qonun

Toyloq tumanining “Bog‘izog‘on” mahallasida faoliyat boshlagan, “Morli” MCHJga qarashli “Tvigga” qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o‘rganildi.
Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozor bilan bir qatorda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston hamda Mo‘g‘uliston davlatlariga eksport qilinib, hududning eksport salohiyatini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.
O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot turlarini ko‘paytirish hamda eksport geografiyasini yanada kengaytirish borasidagi istiqbolli rejalar yuzasidan fikr almashildi.
Korxona faoliyati hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 4