Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔰Deputatlar muammoni joyida o‘rgandi.

🔹Xalq deputatlari shahar Kengashining masʼul komissiya raisi B.Toshpo‘latov, shahar Kengashi deputati S.Israilov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Yakubov hamda “Qassoblik” MFY “yettiligi” vakillaridan iborat ishchi guruh fuqaro B.Isomovning murojaati asosida “Ko‘zi ojizlar jamiyati” viloyat bo‘limi hovlisida shaxsiy avtomobillarning tartibsiz qo‘yib ketilayotganini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🔹Mahalla masʼullari va deputatlar tomonidan hududdagi haydovchilarga imkoniyati cheklangan shaxslarning harakatlanish erkinligi va haq-huquqlari tushuntirilib, mashinalarni tartibli joylashtirish talabi qo‘yildi. Kelgusida ushbu hududda qayta tartibsiz avtoturargohlar hosil bo‘lmasligi uchun zarur chora-tadbirlar va nazorat rejasi ishlab chiqildi.

Slide 1 of 4