Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#96_qonun

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Baxriyev hamda tuman Kengashi kotibiyati xodimlari ishtirokida Madaniyat mahallasida barpo etilayotgan zamonaviy (OSHP) qurilish obyektida olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi.
Urganish davomida qurilish sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallarining belgilangan talablarga muvofiqligi hamda obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish masalalari muhokama qilindi.
Deputat tomonidan quruvchi va mas’ul mutaxassislarga ishlarni amaldagi me’yor va standartlar asosida, sifatli va mustahkam bajarish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Ta’kidlanganidek, mazkur tibbiyot muassasasi aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Shu bois qurilish jarayonida sifat, mas’uliyat va uzoq muddatli foydalanish talablariga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2