Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 26-sessiyasida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni obodonlashtirishga qaratilgan qator muhim masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, Toyloq tumani hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish, jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish hamda murojaatlar ijrosining samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama etildi.
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida Toyloq tumanida “Yashil bog‘” barpo etish bo‘yicha g‘olib deb topilgan loyihani tasdiqlash masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook