Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KREDITLARNING MAQSADLI SARFLANISHI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi doimiy komissiyasi raisi F.Sidikov hamda tuman MIB mutaxassislari tomonidan mahallalarda o‘rganish o‘tkazildi.
​Tadbir davomida hokim yordamchilari tavsiyasi bilan ajratilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishi va tadbirkorlik faoliyatining samaradorligi ko‘zdan kechirildi. O‘rganishda asosan kredit hisobiga olingan asbob-uskunalarning mavjudligi va yangi ish o‘rinlari yaratilganiga e’tibor qaratildi.
​Yakunda tadbirkorlarga mablag‘lardan unumli foydalanish va to‘lov intizomi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 3