DEPUTAT SO‘ROVI IJRODA: "YANGIHAYOT" MAHALLASIDA YANGI KO‘PRIK QURILMOQDA
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri tomonidan saylov okrugidagi "Yangihayot" mahallasida ko‘prik qurish masalasida yuborilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etilmoqda.
Ayni paytda hududda qurilish ishlari jadal ketmoqda:
✅ Maxsus texnikalar yordamida katta diametrli beton quvurlar o‘rnatilmoqda;
✅ Aholi uchun xavfsiz o‘tish yo‘li yaratilmoqda.
Ushbu loyiha bitgach, mahalladagi transport va piyodalar harakati uchun yillar davomida mavjud bo‘lgan muammo bartaraf etiladi.
📱 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi