Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Sessiya davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy budjet ijrosi, qo‘shimcha manbalarni safarbar etish, qishloq va suv xo‘jaligi, investitsiya loyihalari hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlariga oid muhim qarorlar qabul qilindi.
Muhokamalar yakunida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida tegishli qarorlar tasdiqlanib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Sessiya yakunida qabul qilingan qarorlar hududning barqaror rivoji va aholi farovonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook