Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ-415-sonli “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.
Muhokamada markaz direktorining o‘rinbosari I.Sultonov ishtirok etib, Qonun talablarining amaliy ijrosi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.
Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini mustahkamlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmatlarini tashkil etish hamda sog‘lomlashtirish maqsadida sanatoriy va sihatgohlarga bepul yo‘llanmalar ajratish tartibi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning mazkur imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, yo‘llanmalar ajratish mezonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda ehtiyojmand fuqarolarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Muhokama yakunida Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi