Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Deputatlik nazorati doirasida ichimlik suvi ta’minoti o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashining 13-"Mirzo Ulug‘bek" saylov okrugidan saylangan deputati F. Kenjayev hamda 8-"Amirobod" saylov okrugidan saylangan deputati L. Mamatova tomonidan Mojor mahallasida O‘zbekiston Respublikasining "Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida ichimlik suvi ta’minoti hamda oqova suv tizimining amaldagi holati ko‘zdan kechirilib, qonun ijrosi yuzasidan mavjud holat tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga amaldagi qonunchilik talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
 

Slide 1 of 2