Yangiliklar

Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarning  6-yo‘nalishda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari S.Amanov va T.Gulmatovlar  Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashining 18-“Azlarsoy” saylov okrugi deputati D.Mo‘minovaning saylov okrugiga qarashli “Azlarsoy” mahallasida bo‘ldilar.

O‘rganish davomida xotin-qizlar faolining aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolarni qabul qilish amaliyoti, "Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish, erta nikoh va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha amaliy vazifalar belgilab olindi

Slide 1 of 3