O‘rganishlar davomida Tozabozor mahallasidagi 22-sonli va 37-sonli maktablar o‘quvchilari uchun bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sun’iy qoplamali sport maydonchasi qurish zarurligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan:
22-sonli va 37-sonli maktablarda mavjud holatni o‘rganish;
sun’iy qoplamali sport maydonchasi qurish masalasini ko‘rib chiqish;
o‘quvchilar uchun zamonaviy sport infratuzilmasini yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
Amaldagi tartibga muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etilishi belgilangan.