#Kotibiyat_mudiri
#okrugda_organish
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J. Axunov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Payariq tumani adliya bo‘limi boshlig‘i I. Abduraxmonovning davlat organlari va tashkilotlarida norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha axboroti o‘rganildi.
O‘rganish davomida davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilik hujjatlarining ijrosi, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifati, huquqni qo‘llash amaliyotidagi holat hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Qonunchilik ijrosini ta’minlash, huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va davlat organlari faoliyatida qonuniylikni mustahkamlash bo‘yicha tegishli taklif hamda tavsiyalar muhokama qilindi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|