#doimiy_komissiya
#okrugda_organish
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi, 16-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat M.Kazakova tomonidan biriktirilgan tashkilot xodimi hamda ijtimoiy xodim ishtirokida Birlashuv mahallasida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida I guruh nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli shaxs mavjud bo‘lmagan 14 nafar fuqaroning uy-joylarini energiya tejamkorlik asosida ta’mirlash masalasi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, tegishli mas’ullarga tavsiya va takliflar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|