🏛 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga "Ekologik" partiyasidan 10-Birlashgan saylov okrugi bo‘yicha saylangan deputat Davron Teshaboyev nomidan Kengash kotibiyati mudiri Asqar Baxramov tomonidan Yollama MFY hududida joylashgan 63-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.
💊 O‘rganish jarayonida aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati, mavjud zaxiralar, dori-darmonlarning maqsadli yetkazilishi hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati tahlil qilindi.
📋 Shuningdek, dori vositalarining hisobini yuritish, ularni ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazish va bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.
🤝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas'ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.