Yangiliklar

Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Muqaddas O‘razaliyeva tomonidan Zarbdor tumanidagi 1-sonli hamda 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan tanishildi.

Tashrif davomida muassasalarda bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlari, moddiy-texnik baza holati hamda tarbiyalanuvchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Jizzax viloyati Kengashi raisi Nuriddin Xolmatov, Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarova hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

✅Muloqot davomida maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Slide 1 of 6