Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi

📌 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Xursand Ismailov tomonidan saylovchilar murojaati asosida Oltinqal’a mahallasi aholisini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.
🤝 So‘rovda fuqarolarni qiynayotgan muammoni qisqa muddatda bartaraf etish hamda amaldagi qonunchilikka muvofiq belgilangan muddatda rasmiy javob taqdim etish so‘ralgan.
✅ Deputatlik nazorati doirasida mazkur masalaning ijrosi nazoratga olindi.