Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektori faoliyati o‘rganildi
✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan Mustaqillik mahallasida xotin-qizlar faoli hamda mahalla inspektorining faoliyati o‘rganildi.
✅ O‘rganish jarayonida xotin-qizlar muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan ishlash, profilaktik tadbirlarning samaradorligi, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi.
✅ Shuningdek, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha mas’ullarga zarur topshiriqlar bildirildi.