Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Saylovchilar takliflari o‘rganildi

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Qo'ldoshev tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ichki kommunal xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi.

Deputat tomonidan bildirilgan takliflar atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda masalalarni deputatlik nazoratiga olish belgilandi.