Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Tuman Kengashi deputati Jamila Allayarova "Ziyokor" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Zebiniso Ismatova xonadonida bo‘ldi.

Tashrif davomida fuqaro tomonidan issiqxonada pomidor, bodring hamda bulg‘or qalampiri yetishtirilayotgani, ushbu faoliyat orqali oila daromadini oshirish va aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashga munosib hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi.

Shuningdek, issiqxona faoliyatini yanada kengaytirish, mahsulot yetishtirish hajmini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Deputat tomonidan tomorqa va issiqxonalardan unumli foydalanish aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 3