Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash — doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati Zafarbek Davlatov Pastom mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, ishsiz xotin-qizlarning bandligi ta’minlanib, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga psixologik yordam, kredit va subsidiya ajratish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, mahallada xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik holatlari qayd etilmagani ijobiy natija sifatida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi va xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.